登录以查看您的控制台资源

新闻通稿 SEO营销 媒体监测

联系我们

Singapur maktablarida qoidabuzar o‘quvchilarni tayoq bilan jazolash tartibi joriy etildi

发布:5/7/2026 阅读:1

Singapur maktablarida o‘quvchilar o‘rtasidagi tartib-intizomni saqlash va turli salbiy holatlarning oldini olish maqsadida yangi qoidalar joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda maktab hududida boshqalarni haqorat qilgan,zo‘ravonlik ko‘rsatgan yoki tengdoshlariga nisbatan tazyiq o‘tkazgan o‘g‘il bolalarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi belgilandi. Ushbu choralar doirasida,zarurat tug‘ilganda,o‘quvchilarni tayoq bilan jazolash amaliyotidan ham foydalanilishi mumkin.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha,bunday keskin jazo turi faqat oxirgi chora sifatida qo‘llanadi. Ya’ni,agar o‘quvchi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari va boshqa tarbiyaviy usullar kutilgan natijani bermasa,ushbu usulga murojaat qilinadi.

Yangi tartibga muvofiq,qoidabuzar o‘quvchi ko‘pi bilan uch martagacha tayoq bilan urilishi mumkin. Mazkur jarayon qat’iy belgilangan qoidalar asosida va mas’ul shaxslar nazorati ostida amalga oshiriladi.

Jismoniy jazoni qo‘llash uchun,avvalo,maktab direktorining rasmiy roziligi olinishi shart. Jazoni ijro etish huquqi esa faqat maxsus vakolatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga beriladi.

Shuningdek,qaror qabul qilishda bolaning yoshi,sodir etilgan huquqbuzarlikning darajasi va o‘quvchining o‘z xatosini qanchalik tushunib yetgani alohida inobatga olinadi. Jazo qo‘llanganidan so‘ng,bola e’tibordan chetda qolmaydi.

Unga malakali psixologlar yordam ko‘rsatadi va ruhiy holati mutaxassislar tomonidan kuzatib boriladi. Belgilangan tartibga ko‘ra,ushbu jazo turi faqat to‘qqiz yoshdan oshgan o‘g‘il bolalarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qiz bolalar uchun esa bunday choralar ko‘zda tutilmagan. Ularga nisbatan darsdan keyin maktabda olib qolish,o‘qishdan vaqtincha chetlatish yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini pasaytirish kabi boshqa intizomiy usullar qo‘llanadi.

Shuni ta’kidlash joizki,xalqaro tashkilotlar,xususan,Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi bunday jismoniy jazo usullariga keskin qarshilik bildirmoqda. Ekspertlarning fikricha,jismoniy jazo bolalarning ruhiy muvozanatiga putur yetkazishi va ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shunga qaramay,Singapurda tayoq bilan jazolash amaliyoti uzoq tarixga ega bo‘lib,bugungi kunda ham ayrim og‘ir jinoyatlar uchun qonuniy jazo turi sifatida saqlanib qolmoqda.

传播你的梦想,是我的使命

精准触达,高效发声,让每一次发布都有回响,把专业的事,交给专业的人,助你专注核心,我们搞定传播。

微信扫一扫 立即联系我们