登录以查看您的控制台资源

新闻通稿 SEO营销 媒体监测

联系我们

Maktablarda o'quvchilar davomati sun'iy intellekt orqali nazorat qilinadi

发布:4/29/2026 阅读:3

Mamlakatimiz taʼlim tizimida raqamlashtirish jarayonlari yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda oʻquvchilarning maktabga kelib-ketishi hamda darslardagi ishtiroki yuqori texnologiyalar yordamida qatʼiy nazorat qilinadi. Yangi joriy etilgan AI Davomat loyihasi doirasida maxsus neyrotarmoqlar har bir taʼlim oluvchini yuzidan tanish va kuzatib borish imkoniyatiga ega boʻldi.

Mazkur tizim inson omilini toʻliq chetlab oʻtgan holda,maktabga kelmagan oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda qayd etadi. Agar oʻquvchi darslarni sababsiz qoldirsa,sunʼiy intellekt tizimi bu haqda zudlik bilan Ichki ishlar vazirligining yagona bazasiga xabar yoʻllaydi.

Ushbu maʼlumotlar asosida farzandining taʼlim olishiga masʼuliyat bilan qaramagan ota-onalarga nisbatan masofaviy tarzda maʼmuriy choralar koʻriladi. Belgilangan tartibga koʻra,tizimli ravishda dars qoldirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima qoʻllanilishi belgilangan.

Bu hozirgi hisob-kitoblarga koʻra,4 million soʻmdan 6 million soʻmdan ortiqroq miqdorni tashkil etadi. Shuningdek,javobgarlik choralari faqat jarima bilan cheklanib qolmaydi.

Agar qoidabuzarlik holatlari takroran kuzatilsa,ota-onalarga nisbatan 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilishi ham koʻzda tutilgan. AI Davomat dasturining asosiy maqsadi maktab maʼmuriyati va ota-onalar oʻrtasidagi turli tushunmovchiliklarga chek qoʻyish hamda nazoratni shaffoflashtirishdir.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha,bunday qatʼiy nazorat tizimi oʻquvchilarning masʼuliyatini oshirishga va taʼlim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Endilikda farzandlarning maktabga borganini nafaqat ota-onalar yoki oʻqituvchilar,balki adolatli va xolis ishlaydigan sunʼiy intellekt texnologiyasi ham qattiq nazorat qilib boradi.

Bu esa oʻz navbatida yosh avlodning ilm olishga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirishga qaratilgan muhim qadamdir.

传播你的梦想,是我的使命

精准触达,高效发声,让每一次发布都有回响,把专业的事,交给专业的人,助你专注核心,我们搞定传播。

微信扫一扫 立即联系我们