登录以查看您的控制台资源

新闻通稿 SEO营销 媒体监测

联系我们

Yevropa Ittifoqi O'zbekistonning ikkita yirik korxonasiga sanksiya joriy etdi

发布:4/24/2026 阅读:1

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ikkita yirik korxonaga nisbatan cheklov choralarini joriy etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur sanksiyalar ro‘yxatiga paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi Raw Materials Cellulose kompaniyasi hamda Farg‘ona kimyo zavodi kiritilgan. Ma’lumki,Farg‘ona kimyo zavodi Rustam Mo‘minov nazoratida faoliyat yuritadi.

Xalqaro tashkilot tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra,ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiyaning Perm,Qozon va Tambov shaharlaridagi porox tayyorlovchi zavodlarga yetkazib berilgan. Yevropa Ittifoqi rasmiylarining xulosasiga ko‘ra,mazkur xomashyolar keyinchalik harbiy maqsadlarda ishlatilgan va tayyorlangan poroxlar Rossiya armiyasi ixtiyoriga topshirilgan.

Yevropa Ittifoqi ushbu holatni jiddiy qoidabuzarlik deb baholadi va tegishli choralar ko‘rishga qaror qildi. Joriylangan sanksiyalar natijasida ushbu korxonalarning Yevropa bozoriga kirishi cheklanadi.

Shuningdek,ularning moliyaviy operatsiyalari qat’iy nazoratga olinib,xalqaro hamkorlik imkoniyatlari sezilarli darajada qisqartirilishi kutilmoqda. Ushbu qaror O‘zbekistonning ayrim sanoat korxonalari uchun tashqi savdo va xalqaro munosabatlar borasida yangi qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Hozircha korxonalar rahbariyati yoki tegishli davlat organlari tomonidan ushbu masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmagan.

传播你的梦想,是我的使命

精准触达,高效发声,让每一次发布都有回响,把专业的事,交给专业的人,助你专注核心,我们搞定传播。

微信扫一扫 立即联系我们